Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
-Salom Fotima. Yaxshimisan?
Qizdan javob kelmadi. Yigit yana
yozdi.
-Nega jimsan? Nega
yozmayapsan?
Yigit yana yozdi.
-Fotima seni sog'indim. Sevaman
seni...
Qizdan hanuz javob yo'q. Qiz
xabarlarni o'qiyotgan edi. Ammo
sukunat. Yana sukunat...
-Yaxshimisan Fotima? Iltimos
nimadir yoz.
Yigit shu tariqa yozaverdi...
yozaverdi...
Qiz esa har bir xabarni o'qir
ekan, yig'lardi... Dardlari to'fon
bo'lib yig'lardi... Yuragi
shunchalar og'rirdiki, o'ksib
o'ksib yig'lardi... Axir qanday
qilib yozsin... Qanday qilib?..
Oradan 3 yil vaqt o'tdiku... Fotima
endi o'zganing yoriku... Yigit
hech so'z demasdan tark etdiku
uni... Nega dardlarini unutay
deganida yana qaytdi?.. Nega?..
Qiz yig'lardi... Shu payt
yig'lashdan to'xtadi... Axir uning
vujudida kun sayin mitti vujud
ulg'ayyaptiku... Yig'lab unga jabr
qiladiku... Qiz uzoq o'ylay o'ylay
yigitga rasm yubordi... Keyin
yigitdan shunday xabar keldi:
"BAXTLI BO'L!" Chunki qiz
yuborgan suratda turmush
o'rtog'ini quchib, yuzida
tabassum ila qarab turgan rafiqa
va farzand kutayotgani
nishonasi namoyon edi....

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев